DEV Community

Dilshod
Dilshod

Posted on

.NET tarixi

NET Framework — 2002-yilda Microsoft tomonidan chiqarilgan dasturiy platformadir. Platforma turli dasturlash tillari: C#, Visual Basic .NET, J# va boshqalar uchun mos Common Language Runtime (CLR)ga asoslangan. CLR funksiyasi ushbu platformadan foydalanadigan har qanday dasturlash tilida mavjud. .NET Framework hozirda.NET sifatida rivojlanmoqda. Bu platformada koʻp dasturlarga umumiy komponentlar va optimizatsiyalangan metodlar bor.

NET Framework oʻsha paytda mashhur boʻlgan Sun Microsystems (hozirda Oracle kompaniyasiga tegishli) Java platformasiga Microsoftning javobidir.
.NET Framework Microsoft kompaniyasining oʻz mahsuloti hisoblanib, rasmiy ravishda Windows operatsion tizimlarida ishlash uchun moʻljallangan boʻlsa-da, baʼzi boshqa operatsion tizimlarda.NET Framework dasturlarini ishga tushirish imkonini beruvchi mustaqil loyihalar (birinchi navbatda Mono va Portable.NET) mavjud.

Top comments (0)