Assalomu alaykum. C# dasturlash tilida ratsional (kasr) sonlarni saqlash uchun quyidagi ma'lumot turlaridan foydalanamiz:
- float (4 bayt);
- double (8 bayt);
- decimal (16 bayt).
float turidagi o'zgaruvchini e'lon qilish:
float myFloat = 1.2656f;
float ma'lumot turi sonning butun qismidan keyin ~6-9 ta raqam aniqligida ma'lumotni ifoda etadi. Buni quyidagi misol orqali ko'rishimiz mumkin:
float myFloat = 1.777777777f;
Console.Write(myFloat);
// natija 1.777778
double turidagi o'zgaruvchini e'lon qilish:
double myDouble = 1.7848;
double ma'lumot turi sonning butun qismidan keyin ~15β17 ta raqam aniqligida ma'lumotni ifoda etadi. Buni quyidagi misol orqali ko'rishimiz mumkin:
double myDouble = 1.7777777777777777777777777;
Console.Write(myDouble);
// natija 1.77777777777778
decimal turidagi o'zgaruvchini e'lon qilish:
decimal myDecimal = 1.98m;
decimal ma'lumot turi sonning butun qismidan keyin ~28β29 ta raqam aniqligida ma'lumotni ifoda etadi. Buni quyidagi misol orqali ko'rishimiz mumkin:
decimal myDecimal = 1.77777777777777777777777777777777777m;
Console.Write(myDecimal);
// natija 1.7777777777777777777777777778
Davomi bor...
Top comments (0)