DEV Community

madina1575
madina1575

Posted on

Stack xotirasi

C# dasturlash tilida Stack va Heap xotirasi bo'lib ma'lumotlarni saqlash va ularga ishlov berish uchun ishlatiladi.

Bugun ulardan biri bo'lgan Stack xotirasi bilan tanishamiz!!!

Stack - bu yuqori tezlikdagi kichik xotira bo'lib, u ma'lumotlarni tartibli saqlaydi.

Stackdagi ma'lumotlar Last in First Out(LIFO) tamoyili bo'yicha ishlaydi, ya'ni eng oxirida qo'shilgan ma'lumot birinchi bo'lib olib tashlanadi.

Stackning xususiyatlari:
Tez ishlash: Stack ma'lumotlarni saqlash va ulardan foydalanish uchun juda tez ishlaydi, chunki u ma'lumotlarni tartib bilan qo'shadi va olib tashlaydi.

Statik o'lcham: Stackdagi ma'lumotlar xotira miqdori kompilyatsiya vaqtida aniqlanadi, shuning uchun u o'lchami oldindan ma'lum bo'lgan ma'lumotlar uchun ishlatiladi.

Avtomatic boshqarish:Stackdagi ma'lumotlar funksiyalardan chiqishda avtomatik tarzda chiqarib yuboriladi.

Boshqacha qilib aytganda ma'lumotlar dastur tugashi avtomatik tarzda boshqaruv : Stackdagi ma'lumotlar kompilyatori tomonidan boshqariladi va qo'lda boshqarishni talab qilmaydi.

Top comments (0)