DEV Community

Cover image for C++ da For Loop haqida qisqacha tushuncha
Begzod Murodullayev
Begzod Murodullayev

Posted on

C++ da For Loop haqida qisqacha tushuncha

C++ dasturlash tilida for loop - bu takrorlanadigan amal yoki kodni bajarishda ishlatiladigan sikl operatori. U bir nechta parametrlarni o‘z ichiga oladi va takrorlanishni aniq va samarali boshqarish imkonini beradi. For loop yordamida siz ma'lum bir shartga qadar yoki ma'lum bir marta kodni bajarishingiz mumkin.

for (boshlang'ich qiymat; shart; qadam) {
    // Takrorlanadigan kod
}
Enter fullscreen mode Exit fullscreen mode

Boshlang'ich qiymat — Sikl boshida birinchi qiymatni belgilaydi.
Shart — Har bir sikl takrorlanishidan oldin bajarilishi kerak bo‘lgan shart. Agar shart true bo‘lsa, sikl davom etadi. Agar false bo‘lsa, sikl to‘xtaydi.
Qadam — Har bir sikl takrorlanishidan keyin qiymat qanday o‘zgarishini belgilaydi.

Misol: For Loop yordamida 1 dan 10 gacha bo‘lgan sonlarni chiqarish

#include <iostream>
using namespace std;

int main() {
    for (int i = 1; i <= 10; i++) {
        cout << i << " ";
    }
    return 0;
}
Enter fullscreen mode Exit fullscreen mode

int i = 1 — i o‘zgaruvchisini 1 ga tenglashtirish. Bu siklning boshlanishi.
i <= 10 — Shart: i 10 ga teng yoki kichik bo‘lganida sikl davom etadi.
i++ — Har bir sikl takrorlanishidan keyin i qiymati 1 ga oshadi.

Image description

mening telegram kanalm : @murodullayev_wev

telegram kanalda c++ looplar oilasi va fot llop uchun kodlar va pahsus o'quv qo'llanmalari mavjud .

Top comments (0)