DEV Community

Rashidovdev
Rashidovdev

Posted on • Edited on

Terminal komandalari | Part 2

Terminalda buyruqlar

  • pwd (print working directory) - Qaysi papkada turganimizni ko'rsatadi.

  • mkdir yangi papka yaratish uchun ishlatiladi.
    mkdir Test - Test degan yangi papka yaratiladi.

ls - ushbu buyruq biz turgan papka ichida joylashgan fayl va papkalarni ekranga chiqaradi.

  • ls -help - bu parametr orqali dastur nima ish bajarishini ko'rishimiz mumkin.
  • ls --quot name - papka va fayl nomlarini "Qo'shtirnoqqa" oladi.
  • ls --size - fayl va papkalarning hajmini chiqaradi.
  • ls -a - yashiringan fayl va papkalarni ekranga chiqaradi.
  • ls -l - fayl va papka nomlarini ro'yxat ko'rinishida chiqaradi. Yuqoridagi ikkita buyruqni bitta qilib, ya'ni
  • ls la - yozish orqali yashiringan fayl va papka nomlarini ro'yxat ko'rinishida chop etishimiz mumkin.
  • ls -la | grep Do - ushbu buyruqlar orqali "|" - dasturda chop qilinayotgan malumotlarni ekranga emas boshqa dasturga yo'naltirish mumkin.
  • ls .. - komandasi orqali HOME manziliga o'tishimiz mumkin.

Top comments (0)