DEV Community

Munisa Kuranbekova
Munisa Kuranbekova

Posted on

C# da string metodlari haqida

C# da bir nechta string metodlari mavjud. Men ulaning bir nechtasini tushuntirib berishga harakat qilaman.
_ Compare metodi._ Compare metodi int qaytaradi. Uning asosiy funksiyasi shundan iboratki , u 2 ta string qabul qiladi va ularni bir-biriga solishtiradi. Agar biz kiritgan 2ta stringning birinchisi ikkinchisiga tog'ri kelsa , 0. Agar tog'ri kelmasa 1 yoki -1 qaytaradi.

int result = string.Compare("apple" , "apple");

Console.WriteLine(result);

Enter fullscreen mode Exit fullscreen mode

Replace metodi. Bu metod 2 ta string qabul qiladi. String qaytaradi. Funksiyasi - bir so'zni, belgini yoki sonni biz kiritgan o'zgaruvchi bilan o'rin almashtirish vazifasini bajaradi.

string message = "Welcome to .NET course";

string result = message.Replace(".NET" , "English");

Console.WriteLine(result);
Enter fullscreen mode Exit fullscreen mode

Contains() - bool qaytaradi(true/false) . Bir dona tekshiriladigan string qabul qiladi. Masalan:

string message = "Wlcome to .NET course";

string course = ".NET";

bool hasDotNet = message.Contains(course);

Console.WriteLine(hasDotNet);

Enter fullscreen mode Exit fullscreen mode

bu kod ishga tushirilsa "true" qaytariladi. Agar biz ".NET" ning o'rniga boshqa so'z ya'ni biz kirigan tekstda yo'q so'z bo'lsa "false" qaytaradi.

Substring() - string qaytaradi,lekin int qabul qiladi. Substring kesib olish vazifasini bajaradi. Bizning vazifamiz esa bizga kerakli bo'lgan matnni indeksini aniqlab kiritish.

string message = "Welcome to .NET course";

string part = message.Substring(11);

Console.WriteLine(part);
Enter fullscreen mode Exit fullscreen mode

shu kodni ishga tushirsak uning natijasi ".NET course" bo'ladi. Bo'shliqlarni hisobga olganda .NET so'zigacha 11ta belgi mavjud. Shuning uchun 11 indeksini kiritib ".NET course" matnini chop etdik.

Trim() - string qaytaradi. Uning vazifasi matndan boshidagi va oxiridagi bo'shliqlarni olib tashlash.

string name = "   Ilmhub  ";

Console.WriteLine(name.Trim());

Enter fullscreen mode Exit fullscreen mode

bunkodning natijasi "Ilmhub" bo'ladi. Ya'ni tekstning boshi va oxiridagi bo'shliqlarning olib tashlangan natijasi bo'ladi.

ToUpper() - ushbu metodning vazifasi matnning barcha harflarni katta harfga o'tkazish.

string name = "ilmhub";

Console.WriteLine(name.ToUpper());
Enter fullscreen mode Exit fullscreen mode

shu kodni ishga tushirsak "ILMHUB" qaytariladi.

ToLower() - bu esa ToUpper()ning teskarisi. Buning vazifasi hamma harflarni kichik harflarga o'tkazish.

string name = "ILMHUB";

Console.WriteLine(name);
Enter fullscreen mode Exit fullscreen mode

bu kodning natijasi "ilmhub".

IndexOf() - string qabul qiladi va int qaytaradi. Biz kiritgan stringni indeksini qaytaradi.

string text = "Hello World";

int index = text.IndexOf("World");

Console.WriteLine(index);


Enter fullscreen mode Exit fullscreen mode

shu kodni ishga tushirsak terminal oynasiga 6 soni chop etiladi.

Top comments (0)