DEV Community

Cover image for Mediator design pattern O'zbek tilida
Ismoil Turdaliyev
Ismoil Turdaliyev

Posted on

Mediator design pattern O'zbek tilida

Muammo va Yechim
Zamonaviy React ilovalarida komponentlar o'rtasidagi aloqa murakkablashib ketishi oddiy hol. Ayniqsa, bir nechta komponentlar bir-biri bilan o'zaro bog'liq bo'lsa, kod tez orada boshqarib bo'lmaydigan darajaga yetishi mumkin. Bu muammolarni hal qilish uchun Mediator pattern mukammal yechim bo'la oladi.

Mediator Pattern Nima?
Mediator pattern - bu obyektlar o'rtasidagi to'g'ridan-to'g'ri aloqani kamaytirish orqali ularning bir-biriga bog'liqligini kamaytiruvchi design pattern. U barcha aloqalarni markaziy mediator orqali o'tkazadi.

  • Aytaylik 🛩 uchoqlar (airplane) 🛬 qo'nish maydoniga qo'nishdan oldin ular markaziy boshqaruvga bog'lanib yo'lakka qo'nadi. Lekin markazga bog'lanmagan holatda ishlashsa 200 ta uchoq bir birlari bilan gaplashib hechkim yo'qmi, qaysi yo'lakka qo'nish mumkin deb so'rashlari va katta tartibsizlik bo'lishi aniq ⚠️

Mediator vs Facade
Mediator:

  • Ikki tomonlama aloqa
  • Bo'limlar boshqaruvchi haqida biladi
  • Boshqa bo'lim bilan muloqot mediator orqali
  • Bo'limlar orasini soddalashtirish

Facade:

  • Bir tomonlama aloqa
  • Murakkab tizimni osonlashtiruvchi interface
  • Mijoz faqat facade bilan ishlaydi (boshqa bo'lim bilan emas)
  • Tizim murakkabligini yashirishga qaratilgan

Scalability va Maintenance uchun qulay!

MEDIATOR #DESIGN_PATTERN

Image description

Top comments (0)